Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda IShID guruhi qo‘mondoni o‘ldirildi
Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyati hududida harakatlanuvchi IShID jangarilari guruhi yetakchilaridan biri Abu Saad Erhabiy aviatsiya zarbasi orqali yo‘q qilindi. Bu haqda Reuters agentligi Kobuldagi Milliy xavfsizlik direktorati bayonotiga asoslanib xabar tarqatgan. Shuningdek, mahalliy telekanallarda ham bu haqda xabarlar berilgan.
Maxsus xizmatdagi manbalar ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar qo‘mondoni yonidagi o‘n nafar jangari bilan birga o‘ldirilgan. Jangarilar mahalliy va xorijiy kuchlar ishtirokidagi amaliyot vositasida yo‘q qilingan.
Xavfsizlik direktoratidagilarning ta'kidlashicha, Nangarhardagi jangarilar manzillari tomon uyushtirilgan reyd davomida ko‘plab qurollar va o‘q-dorilar yo‘q qilingan.
Nangarhar viloyati gubernatori ma'lum qilishicha, Erhabi o‘tgan yilning iyulidan buyon o‘ldirilgan to‘rtinchi IShID qo‘mondoni bo‘ldi.
O‘tgan yilning iyulida IShIDning Afg‘onistondagi asosiy yetakchisi Abu Sayid ham aviatsiya hujumi orqali yo‘q qilingandi. Shu yilning aprelida esa amerikalik harbiylar Afg‘onistondagi IShID bo‘linmasi yetakchisi Qori Hikmatillani yo‘q qildi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026