Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron iqtisodiyot vaziriga impichment e'lon qilindi
Eron parlamenti mamlakatning iqtisodiyot va moliya vaziri Mas'ud Karbasianga impichment e'lon qildi. Bu haqda Mehr axborot agentligi ma'lum qildi.
Avvalroq parlament a'zolari prezident Hasan Ruhoniydan iqtisodiy masalalarga javobgar bir necha vazirning iste'foga chiqarilishini talab qilishgan. Prezident ma'muriyatida hukumatda o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta'kidlab o‘tilgan. Parlament 8 avgustda kooperatsiya, mehnat va ijtimoiy farovonlik vaziri Ali Rabiyga impichment e'lon qilgandi
Karbasianning impichmenti jarayoni “mamlakat iqtisodiyotida shaffoflik yo‘qligi va valyuta kurslari o‘zgarishi bilan yuzaga kelgan muammolar” sababli o‘tkazilgan.
Parlament spikeri Karbasian boshqa jabhalarda muvaffaqiyat qozonishiga umid bildirgan.
Avgust boshida parlament Ruhoniyga mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni yengish bo‘yicha hukumat amalga oshirayotgan harakatlar bo‘yicha hisobot berishga bir oy muhlat bergan. Ruhoniy parlament oldida hisobot berishga rozi bo‘lgan, biroq parlament talabini konstitutsiyaga zid deb atagan.
Eronda oxirgi oylar mahalliy valyutaning keskin qadrsizlanishi kuzatilmoqda. Ta'kidlanishicha, mahalliy rialning dollarga nisbatan kursi mart oyidan beri 2 karra qadrsizlangan. Iyul oxirida bir dollar 100 ming rial turgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026