Jahon | 21:20 / 26.08.2018
21035
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning eng baland tog‘ida 31 yil avval yo‘qolgan ayol jasadi topildi

Foto: AFP

Rossiyaning Karachayevo-Cherkesiya Respublikasida Yevropaning eng baland tog‘i Elbrusdan 31 yil avval tog‘ga ko‘tarilish vaqtida halok bo‘lgani taxmin qilinayotgan ayol alpinist jasadi evakuatsiya qilindi.     

Ayolning jasadini 4 ming metr balandlikda sayyohlar guruhi aniqlagan. Ular bu haqda qutqaruvchilarga xabar qilishgan. Ayolning shaxsi o‘rnatilgan, uning yonidan 1951 yilda tug‘ilgan Yelena Bazikina nomiga pasport va 1987 yil 10 aprel bilan sanalangan Moskva- Mineralnyye vody samolyotiga chipta topilgan. 

Qutqaruvchilarning ma'lum qilishicha, 1987 yilda jasad topilgan hududda qor ko‘chkisi oqibatida 7 kishidan iborat alpinistlar guruhi halokatga uchragan. O‘shanda ularni qutqarish ishlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangandi. 

Elbrus Rossiya va Yevropaning eng baland cho‘qqisi hisoblanib, dengiz sathidan 5642 metr balandlikda joylashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid