Nepalning ğarbida joylaşgan toğlarda töqqiz nafar alpinist halok böldi. Bu haqda The Himalayan Times xabar qilmoqda.
Fojia Dxaulagiri toğ tizmasining janubiy yon bağrida sodir bölgan. 3500 metr balandlikda joylaşgan sayyohlar lageriga köçki tuşgan, şundan söng qor böroni boşlandi.
Qutqaruv vertolyoti 13 oktabr kuni ertalab yuborilgan.
Iyul oyida rossiyalik ikki alpinistlar Pokistondagi 7145 metr balandlikda joylaşgan Latok 1 tepaligiga çiqişdi. Ulardan biri, Sergey Glazunov toğdan tuşib ketdi va halok böldi. Ikkinçi rossiyalik - Aleksandr Gukov - qutqarildi. Uzoq vaqt davomida vertolyotlar yomon ob-havo şaroiti tufayli uni çiqarib olişolmadi. Alpinist kasalxonaga oğir ahvolda olib borildi.

















