Everest toği yonbağrida avstraliyalik alpinist behuş holda topildi va Nepaldagi kasalxonalardan biriga yotqizildi, deb xabar berdi ABC telekanali Avstraliya taşqi işlar va savdo vazirligiga tayanib.
OAVning ma'lum qilişiça, tibetlik qutqaruvçilar alpinistni 7,5 ming metr balandlikda, Everest toği yonbağrida topişgan. U oğir ahvolda bölgan.
Avvalroq Himalayan Times gazetasi Nepal turizm departamenti vakiliga tayanib, may oyi boşidan buyon Everestda kamida 10 kişi halok bölganini yozgandi.
Nepal OAVning yozişiça, alpinistlarning halokatiga öta oğir ob-havo şaroiti va yönalişlarida uçraydigan "tirbandliklar" sabab bölgan.

















