Himoloy toğlarida Şarqiy Nanda Devi çöqqisiga kötariliş vaqtida yöqolib qolgan 8 alpinist qidirilmoqda. Uşbu çöqqi Hindistondagi eng baland (7400 metrga yaqin) va murakkab çöqqilaridan biri hisoblanadi. Bu haqda 1 iyunda CNN telekanali xabar berdi. 

Ta'kidlanişiça, gap alpinistlar xalqaro guruhi haqida ketmoqda. Çöqqiga kötarilişda hammasi bölib 12 alpinist iştirok etgan, ular 13 may kuni çöqqiga kötarilişni boşlaşgan.

12 kun ötib, 25 may kuni 4 alpinist tayanç lagerga qaytib kelgan. Rejaga köra, butun guruh bazaga 26 mayda qaytişi kerak bölgan.

Yöqolib qolgan alpinistlar orasida 4 britaniyalik, 2 amerikalik, bir nafar avstraliyalik va aloqa uçun javobgar hind bölgan.

Ekspeditsiyani taşkillaştirgan Himalayan Run & Trek kompaniyasi alpinistlarni bir neça kun kutgan, biroq ular qaytişmagan. Mahalliy hokimiyat alpinistlarning yöqolgani haqida 31 may kuni xabardor qilingan.