Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vazirligi Suriyada kimyoviy qurol bilan bog‘liq fitna haqida ogohlantirdi
Suriya hududida kimyoviy quroldan foydalanib yirik fitnalar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqdagi ma'lumot Idlib viloyatida istiqomat qiluvchi aholi vakillaridan kelib tushgan.
“Mojarolarni hal qilishning Idlib zonasi janubida joylashgan Habit aholi punktiga xlor bilan to‘lg‘izilgan reaktiv snaryadlar yordamida “kimyoviy hujum”ni sahnalashtirish uchun xorijiy mutaxassislar yetib kelishgan”, — degan u. Konashenkovning qo‘shimcha qilishicha, fitna mintaqada vaziyatni izdan chiqarish va “borayotgan tinchlik jarayonining barqaror dinamikasini barbod qilish” maqsadida tayyorlanmoqda.
Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatining aniqlashtirishicha, Suriyaga hujumni sahnalashtirish uchun mutaxassislar allaqachon yetib kelishgan, deb yozmoqda RBK. “Zaharlovchi moddalar bilan to‘yintirilgan qurol-yarog‘ bilan zarba berish keyingi ikki kun ichida Habitdan olti kilometr janubroqda joylashgan Kafir-Zayta aholi punktiga qarata reaktiv qurilmalardan amalga oshiriladi”, — deyishmoqda vazirlikdagilar.
25 avgust, shanba kuni Suriya Arab Respublikasidagi rossiyaliklarning ziddiyatlashuvchi tomonlarni yarashtirish bo‘yicha markazi rahbari Aleksey Tsigankov G‘arb davlatlari Idlibda tayyorlanayotgan va “Oq kaskalar” ishtirokidagi provokatsiyadan foydalanishni maqsad qilib turibdi. “Britaniya maxsus xizmatlarining faol ishtiroki bilan rejalashtirilayotgan provokatsiya AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Suriyaning davlat sanoat va iqtisodiy infrastrukturalari obektlariga navbatdagi raketa-aviatsiya zarbalari berish uchun bahona bo‘lib xizmat qilib, jangarilarning Hama va Halabga tayyorlanayotgan bosqinini ta'minlaydi”, — deya uning so‘zlarini keltirmoqda “Interfaks”.
Suriyada fuqarolar urushi 2011 yilning bahorida boshlangan edi. Mojaroning asosiy ishtirokchilari — amaldagi prezident Bashar Asadni yoqlab urushayotgan hukumat qo‘shinlari, shuningdek, mamlakatning bir qismini nazorat qilib turgan mo‘'tadil muxolifat hamda islomiy guruhlardir.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026