Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Mustaqillik bayrami sharafiga ommaviy yugurish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Poytaxtdagi «Paxtakor» markaziy sport arenasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi sharafiga "Sen men uchun qadrlisan, aziz O‘zbekiston!" shiori ostidagi yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Tadbirda 1200 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Ishtirokchilar yoshiga ko‘ra to‘rt toifaga ajratildi: 16-35, 36-45, 46-55 va 56 yoshdan oshganlar. Ayollar va erkaklar alohida start olishdi.
Tadbir oxirida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yugurish marafoni ishtirokchilarining ta'kidlashicha, sport sog‘lom jamiyatning asoslaridan biri bo‘lib, bunday tadbirlarni tez-tez o‘tkazib turish lozim. Har bir inson sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga imkon topishi kerak.
Manbada qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligi sportni rivojlantirishga doir loyiha va tadbirlarni doim qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026