Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «UzTextile Expo» xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi va unga an'anaviy tus beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi «Tekstil va tikuvchilik-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, yurtdoshlarimiz hamda potensial xorijiy iste'molchilarni milliy tekstil sanoati yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida yurtimizda bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tishi nazarda tutilgan.
Jumladan, «O‘ztekstilsanoat» AJ, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi, «Iteca Exhibitions» MChJ XK takliflariga ko‘ra, Toshkent shahrida har yili «UzTextile Expo» tekstil va moda sanoati xalqaro ko‘rgazmasi tashkillashtiriladi.
2008 yilda mazkur ko‘rgazma doirasida 4 sentabr kuni Tekstil ishlab chiqaruvchilar xalqaro federatsiyasi shafeligi ostida «Uzbekistan Textile Coference» bo‘lib o‘tadi.
5–7 sentabr kunlari «Central Asia Textile Machinery Exhibition» Markaziy Osiyo texnologik dastgohlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
«UzTextile Expo» xalqaro ko‘rgazmasining eksponatlari ilk marta «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi» AJning barcha pavilonlarida joylashtiriladi.
Mavzuga oid
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?
09:38 / 26.04.2025