Jahon | 15:59 / 27.08.2018
13462
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyada Rossiya bo‘yicha yangi shubha paydo bo‘ldi

Foto: AFP

Estoniya tashqi razvedka departamenti rahbari Mikk Marran Rossiya tomonini NATO va Yevropa ittifoqining birligini buzishga urinishda ayblab chiqdi. Bu haqda u Postimees'ga bergan intervyusida aytdi.

Marranning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Yevropa davlatlaridan siyosatchilarni «ta'sir agentlari» sifatida qo‘llamoqda.

«Rossiya Yevropa Ittifoqi va NATOning birligini buzishga harakat qilmoqda», - deya ma'lum qildi Marran. 

Uning ta'kidlashicha, agar Rossiya bunga erishsa, Estoniya uchun bevosita tahdidni yuzaga keltirgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari kuchga kirgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid