Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridadagi kibersport bo‘yicha musobaqada otishma sodir etildi
26 avgustda AQShning Jyeksonvill shahrida (Florida shtati) amerikancha futbol bo‘yicha kibersport musobaqasida otishma sodir etildi. Musobaqa Jacksonville Landing ko‘ngilochar majmuasida o‘tayotgan bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, otishmani musobaqa ishtirokchilaridan biri, 24 yoshli Devid Kats sodir etgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, u musobaqada yutqazib qo‘ygach, odamlarni o‘qqa tuta boshlagan.
Otishma oqibatida 2 odam halok bo‘lgan, 11 kishi yaralangan. Jinoyatchi o‘z joniga qasd qilgan. Yaralanganlar shifoxonaga olib ketilgan.
Keyinroq musobaqaning jonli translyatsiyasidan lavhalar e'lon qilingan. Unda o‘yinning borishi jarayoni va ikki ishtirokchini ko‘rish mumkin. Shunda lahzalardan birida otishma ovozlari eshitilib, videotranslyatsiya yo‘qolib qolgan, biroq audio ishlashda davom etgan. Audioda odamlarning baqir-chaqirlari va otishmaning davom etayotganini eshitish mumkin.