Sport | 13:15 / 27.08.2018
9185
1 daqiqa o‘qiladi
Ravshan Ermatov Xitoy Superligasi o‘yinlarini boshqarmoqda
Jahon chempionatlarida o‘yinlarni boshqarish bo‘yicha rekordchi hisoblangan Ravshan Ermatov o‘z guruhi bilan ayni damda Xitoyda bo‘lib turibdi.
O‘FA rasmiy saytida keltirilishicha, kecha u Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri bo‘lgan «Changchun Yatay» va «Xebey Chayna Forchun» jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni boshqardi. Bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga yetdi.
Yon hakamlar Abduhamidillo Rasulov va Sanjar Shoyusupovlardan iborat Ravshan Ermatov jamoasi keyingi turdan o‘rin olgan «Guanjou Evergrand» – «Shanxay Shenxua» o‘rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun ham taklif olgan. Mazkur o‘yin 2 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:35 / 06.05.2022
O‘zbek sportining 30 yillik tarixidagi eng yaxshilar taqdirlandi
16:59 / 27.10.2021
«Oshing halol bo‘lsa, ko‘chada ye». Ermatov ishtirokida o‘tgan muhokamada ikki hakam xatosini tan oldi, Asimov va Serazitdinov qarorini tushuntirdi
11:55 / 12.04.2021
Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi
12:50 / 06.04.2021