Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahri markazida 28 avgust kuni transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yillik bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘i va «Mo‘'jiza» amfiteatri atrofida jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida 2018 yil 28 avgust kuni shahar markazidagi bir qator ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmati KUN.Uzga ma'lum qilmoqda.
Soat 16:00 dan boshlab transport vositalari harakati vaqtincha cheklanuvchi ko‘chalar quyidagilardir:

- Abudurahmon Jomiy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismigacha;
- Universitet xiyoboni ko‘chasining o‘ng tomoni Shohrux Mirzo ko‘chasidan Orzu Mahmudov ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismigacha;
- Bobur Mirzo ko‘chasining Orzu Maxmudov ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismigacha;
- Amir Temur ko‘chasining Shohrux Mirzo ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
- Shohrux Mirzo ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida.
Mavzuga oid
10:53 / 20.04.2026
Shavkat Mirziyoyev: Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin
11:22 / 10.04.2026
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda
11:40 / 17.11.2025
Samarqandda Damas-2 va Onix to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
15:37 / 02.11.2025