Samarqand şahrining Şohrux köçasida 2018 yilda boşlangan köp qavatli uy qurilişi orqali köplab insonlarga boşpana va’da qilingandi. Hududdagi xonadon egalari esa issiq joyidan köçirilgandi. Oradan sakkiz yil ötib ham uylar bitmadi, quruvçi qamaldi. Mijozlar ham, ular tölagan pullar ham qadrsizlanişda davom etmoqda.

Kun.uz suriştiruvi şuni körsatdiki, uşbu çala qolgan loyiha “muammoli uy” deb malakalangan. Hozirça bu muammoning yeçimi yoki aniq reja böyiça ma’lumot bera oladigan mas’ulning özi yöq.

Quriliş boşlangan paytda hududdagi 20 ga yaqin xonadon egalari turli şartlar asosida quruvçi – “JAHON KAFOLAT STIL” xususiy korxonasi bilan kelişuvga erişgan. Kimdir uyini sotgan, boşqalar yangi uy oliş şarti bilan ijaraga çiqqan, yana bir qismi esa yillar davomida jamğargan mablağini yangi kvartira uçun tölagan. Bugun esa ularning aksariyati oğir ijtimoiy va moliyaviy ahvolga tuşib qolgan.

Mijozlardan biri Asror Turdiyevning aytişiça, 2018 yilda quruvçi korxona rahbari hokimlik qarori bilan kelib, ikki yil içida uylarni bitkazib berişni va’da qilgan. Ammo bu muddat avval çözilgan, keyin esa quriliş butunlay töxtab qolgan. Hozirgaça u oilasi, nabiralari bilan ijarada yaşaşga majbur bölmoqda.

Hovlisini quruvçiga berib, örniga yangi uy oliş böyiça kelişganlar köpçilik. Mavjuda Röziqulovaning törtta kadastrli xonadoni bölgan. U uçtasini yangi uyga almaştirişga, bittasini esa kompensatsiyasini olişga kelişgan. Özi esa öşa vaqtda ijaraga çiqib ketgan.

“Bu vaqt içida özim kasallik orttirib oldim, 2023 yilda öğlim nobud böldi. U juda orzu qilardi yangi uyimizga köçib kirişni. Hozir ahvolim ança oğir, şu sababli ijaradan çiqişga majbur böldim. Şu yerdagi eski, buzilişdan qolgan garajimizni ta’mirlab kirib oldik. Farzandlarim, nabiralarim bilan şu şaroitda yaşaşga majbur bölyapmiz”, dedi Mavjuda Röziqulova.

Umuman, bu yerdan uy oliş istagida bölganlarning barçasining öz hikoyasi bor. Kimdir xorijda işlab topgan pulini “JAHON KAFOLAT STIL” xususiy korxonasi rahbariga naqd şaklda tölagan. Yana kimdir şahar çekkasidagi uyini sotgan, kimdir maşinalarini sotgan va yangi uy uçun tölov qilgan. Deyarli barça mijozlar bugun moddiy-ijtimoiy tomondan jiddiy muammo bilan töqnaş kelgan.

Şu hududda 35 yildan buyon yaşab kelgan Radik Möminovning qarori esa butunlay noodatiy. Otaxon ijarada yaşaşga şaroiti bölmagani uçun çala qolgan köp qavatli uyga köçib kira qolgan. Faqat eşik-derazasi bor uşbu xonadonda yaşayotgan oqsoqolning ahvoliga havas qilib bölmaydi, albatta.

Samarqand viloyati hududiy quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vakili Bekzod Xöjayorovning aytişiça, uşbu uylarning qurilişi 2018 yilda boşlangan. Quriliş me’yorlariga amal qilinmagani sababli quriliş töxtatib qöyilgan. Quruvçining özi esa ayni paytda qamoqqa olingan.

Xöjayorovga köra, bu hududdagi uylar qurilişi 11 metrdan oşmasligi qayd etilgan. 11 metrli köp qavatli uylar odatda uç qavatdan oşmaydi. Quruvçi esa loyihadan taşqariga çiqqan, uyni tört qavat qilib qurgan. Qolaversa, mijozlardan ham köplab e’tirozlar, murojaatlar tuşgan. Natijada Samarqand şahar hokimligi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritilgan va quruvçining özi hisobidan ortiqça qavatni buziş böyiça sud qarori qabul qilingan.

Inspeksiya vakili ayni paytda “JAHON KAFOLAT STIL” xususiy korxonasi rahbari qamalib qolgani sababli uning yaqinlari, jumladan, otasi bilan boğlanganini aytmoqda. Biroq hujjatlarni rasmiylaştiriş, masalani joyiga çiqib örganiş böyiça qilingan takliflarni qabul qilmagan.

Samarqand şahar hokimligi bergan ma’lumotga köra, “JAHON KAFOLAT STIL” xususiy korxonasi tomonidan amalga oşirilgan köp qavatli uylar qurilişi jarayonida bir qator jiddiy qonunbuzilişlar aniqlangan. Jumladan, quriliş işlari tasdiqlangan loyiha hujjatlari va şaharsozlik normalariga zid ravişda olib borilgani, belgilanganidan ortiqça qavatlar qurilgani, tegişli ruxsatnomalar va xulosalarsiz işlar davom ettirilgani qayd etilgan. Şu sababli vakolatli idoralar tomonidan quriliş işlari töxtatilgan. Hozirda mazkur obekt muammoli uylar röyxatiga kiritilgan bölib, holatni huquqiy jihatdan tartibga soliş, kamçiliklarni bartaraf etiş va loyihaning keyingi taqdirini hal qiliş yuzasidan örganiş va yeçim topiş işlari amalga oşirilmoqda.

Bu örinda “masalaning yeçimi böyiça işlar olib borilmoqda”, degan javobning özi yetarli emas. Yeçim aniq bölişi kerak: hokimlik yoki viloyat darajasidagi biror mas’ul organ belgilanib, şu kabi obektlar böyiça töliq reyestr e’lon qilinişi şart – kim qança pul tölagan, qaysi kvartiraga da’vo qilyapti, barçasi röyxatga olinişi lozim. Keyin esa ikki yöldan biri tanlanadi: yo yangi investor kiritilib, quriliş aniq muddat bilan tugatiladi, yoki fuqarolarga keltirilgan zarar töliq hisoblanib, kompensatsiya tölab beriladi.

Kun.uz voqealar rivojini kuzatişda davom etadi.