O‘zbekiston | 18:47 / 27.08.2018
6423
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik sub'yektlari bo‘yicha yangi petitsiya paydo bo‘ldi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tadbirkorlik sub'yektlarining elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz sarfi uchun hisobotlarini elektron tartibda berish xizmatini ishga tushirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi, ichimlik suvi va gaz uchun topshiriladigan oylik hisobotni internet orqali, elektron raqamli imzo yordamida, interaktiv xizmatdan foydalangan holda yuborish, shuningdek, schyot faktura hamda solishtirma dalolatnomalarni interaktiv xizmat orqali olishni yo‘lga qo‘yishni taklif etaman. Ushbu amaliyot yo‘lga qo‘yilishi tadbirkorlik sub'yektlarining anchagina vaqtini tejaydi hamda ortiqcha xarajatlarga chek qo‘yadi, deyiladi murojaatda.

“Shu sababdan, tadbirkorlik sub'yektlari ish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi va vaqtini tejovchi mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid