Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent turizm sohasida birinchi Xalqaro investitsion forumga mezbonlik qiladi
Toshkent shahrida turizm sohasida birinchi Xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tadi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilingan.
Qayd etilishicha, turizm sohasida birinchi Xalqaro investitsion forum Toshkent shahrida joriy yilning 19-21 noyabr kunlari tashkil etiladi.
Shuningdek, turizm sohasida birinchi Xalqaro investitsion forumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlangan. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov rais bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlari rahbarligida hududiy tashkiliy qo‘mitalarni tashkil etadilar.
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026