Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga xalqaro qidiruvda bo‘lgan firibgar ekstraditsiya qilindi
Rossiyadan O‘zbekistonga 35 yoshli Farrux Sunatullayev ekstraditsiya qilindi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, u firibgarliklar amalga oshirgani uchun 2017 yildan beri O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan qidirilgan.
Xavfli retsidivist Sunatullayev 2013 yil avgustda O‘zbekistonda aldov yo‘li va ishonchga kirib o‘zganing 4,8 mln so‘mdan ko‘proq qiymatdagi mulkini o‘ziniki qilib olgan va jabrlanuvchiga katta qiymatda zarar yetkazgan.
Bundan tashqari, Sunatullayev 2016 yilning sentabridan dekabrigacha O‘zbekistonda 8 kishining ishonchini suiiste'mol qilib va aldov yo‘li bilan umumiy hisobda ularga tegishli 600 dollar va 138 mln so‘mdan ko‘proq pul mablag‘ini qo‘lga kiritgan.
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan Sunatullayev 2017 yil dekabrda Rossiyaning Markaziy ma'muriy okrugi hududida politsiya tomonidan ushlangan. Ekstraditsiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra uni O‘zbekistonga topshirishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
22:14
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10