Jahon | 20:10 / 27.08.2018
6821
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Makkeynning bevasi uning lavozimini egallashi mumkin – OAV

Foto: Ross D. Franklin / AP

AQShning Arizona shtati gubernatori Dag Dyusi 25 avgustda vafot etgan senator Jon Makkeynning lavozimiga uning bevasi Sindi Makkeyn nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The New York Times nashri ma'lum qildi. 

Sindi Makkeyndan tashqari ushbu lavozimga sobiq senator Jon Kil va Arizona shtatidan vakillar palatasining sobiq a'zolari Jon Shadegg va Mett Salmon da'vogarlik qilmoqda.

Makkeynning o‘rnini egallaydigan nomzod 2020 yilgacha Arizona shtatidan senatorlik qiladi. Shtat gubernatorining aytishicha, yangi senator Makkeynning 2 sentabrda o‘tadigan dafnidan keyin tayinlanadi.

Jon Makkeyn 82 yoshida vafot etdi. U senator lavozimini 31 yil davomida egallagan. 2008 yilda prezident saylovlarida ishtirok etgan.

Mavzuga oid