AQŞ senatori Jon Makkeyn Qöşma Ştatlar sobiq prezidentlari - Barak Obama va Jorj Buşdan öz dafn marosimida nutq sözlaşni iltimos qilgan. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.

Amerikalik senator Makkeyn 25 avgust kuni Arizona ştatida 81 yoşida miya saratoni tufayli vafot etdi. Obama va Buş Vaşington kafedral ibodatxonasidagi dafn marosimida nutq sözlaydi, deyiladi materialda.

Makkeynning ölimidan keyin Buş senatorni «çuqur işonçga ega, vatanparvar inson» deb atagan. Öz navbatida, Barak Obamaning ma'lum qilişiça, Makkeyn jasorat va qat'iylik körsatgan.

Associated Press agentligi ma'lumotlariga köra, AQŞ vitse-prezidenti Mayk Penc ham dafn marosimida qatnaşadi.