AQŞ prezidenti Donald Tramp senator Jon Makkeynning vafoti munosabati bilan tayyorlangan bayonotni çop etmaslikni buyurgani ma'lum qilindi. Bu haqda Washington Post naşri manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berdi. 

Naşr ma'lumotlariga köra, Oq uy xodimlari Makkeyn Vetnam uruşi vaqtidagi jasorati, asirda bölgani va AQŞga qilgan xizmati uçun maqtalgan bayonot tayyorlaşgan.

Biroq Tramp öz matbuot Sara Sanders va Oq uy apparati boşliği Jon Kellining bayonotni qöllab-quvvatlaşiga qaramay, uning örniga oddiy xabar bilan kifoyalanişni afzal körişini aytgan.

Makkeynning vafotidan keyin Tramp 27 avgustga ötar keçasi öz ta'ziyasini bildirgan tvitni e'lon qilgan, Oq uyning bu boradagi rasmiy bayonoti esa berilmagan. 

Makkeyn 81 yoşida miya saratonidan vafot etdi. Uning dafn qilinişi marosimi 2 sentabrda Annapolis şahrida bölib ötadi.

Avvalroq New York Times naşri Tramp senatorning dafn marosimiga taklif qilinmaganini ma'lum qilgandi. Dafn marosimida vitse-prezident Mayk Pens, AQŞning sobiq prezidentlari Barak Obama va Kiçik Jorj Buş iştirok etadi.

Tramp va Makkeyn örtasidagi munosabatlar “havas qilsa arzigulik” bölmagan. Makkeyn Trampni Rossiyaga nisbatan “yumşoq” siyosati uçun tanqid qilib kelgan.