AQŞ senatidagi Jon Makkeynning örnini Arizonadan sobiq respublikaçi senator Jon Kayl egallaydi. Bu haqda The Arizona Republic xabar bermoqda.
Tayinlov haqida Arizona gubernatori Dag Dyusi xabar beradi, şuningdek, u Makkeynning rafiqasi Sindi va Qöşma Ştatlar siyosiy arboblariga yangi nomzod haqida ma'lum qiladi.
Ta'kidlanişiça, Kayl 2019 yil oxirigaça işlaşga rozi bölgan. Agar u sessiya tugaguniga qadar lavozimini tark etişga qaror qilsa, gubernator unga boşqa örinbosar topişi kerak böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Makkeynning vidolaşuv maktubi e'lon qilingandi.












