Jahon | 09:05 / 28.08.2018
4437
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada deyarli olti ming kishi jazirama harorat tufayli kasalxonaga tushib qoldi

Foto: Martin Bureau/AFP via Getty Images

Yaponiyada bir hafta ichida - 20-26 avgust kunlari oftob urishi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda Yaponiya Bosh o‘t o‘chirish boshqarmasi xabar qilmoqda, u tez tibbiy yordam xizmatini ham boshqaradi.

Yana 5890 kishi shifoxonalarga olib ketilgan.

Yaponiyaning deyarli butun hududida iyun oxiridan boshlab jazirama ob-havo kuzatilmoqda. Bu yilgi yozda mamlakatning ko‘plab mintaqalarida issiq harorat rekordlari qayd etildi. Iyul oyi oxirida Saytama prefekturasidagi Kumagaya shahrida qayd etilgan 41,1 daraja eng issig‘iga aylandi.

Sinoptiklarning taxminiga ko‘ra, jazirama ob-havo sentabr oyi boshi-o‘rtalariga qadar saqlanib qoladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid