2018/2019 o‘quv yilidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavr va magistratura bosqichlari uchun to‘lov-kontrakt miqdori deyarli ikki barobar oshirildi. «Kun.uz» muxbiri universitet ma'muriyatiga asoslanib xabar berishicha, JIDU ilmiy kengashi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 4 turdagi kontrakt narxlarini tasdiqlagan, unga ko‘ra kontraktlarning tabaqalashtirilgan shartlari joriy etilgan.

Bakalavriat:

stipendiya to‘lovisiz to‘lov-kontrakt asosida ta'lim (yotoqxona va sport majmualari xizmatlarisiz) — 18 385 542 mln so‘m;
stipendiya to‘lovisiz to‘lov-kontrakt  asosida ta'lim (yotoqxonada yashash, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi xizmatlari bilan) — 20 385 524 mln so‘m.
stipendiya to‘lovi bilan birgalikdagi to‘lov-kontrakt (yotoqxona va sport majmualari xizmatlarisiz) — 22 116 000 so‘m;
stipendiya to‘lovi bilan birgalikdagi to‘lov-kontrakt (yotoqxonada yashash, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi xizmatlari bilan) — 24 116 000 mln so‘m.

Magistratura:
stipendiya to‘lovisiz to‘lov-kontrakt asosida ta'lim (yotoqxona va sport majmualari xizmatlarisiz) — 20 597 124 so‘m;
stipendiya to‘lovisiz to‘lov-kontrakt  asosida ta'lim (yotoqxonada yashash, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi xizmatlari bilan) — 22 597 124 mln so‘m.
stipendiya to‘lovi bilan birgalikdagi to‘lov-kontrakt (yotoqxona va sport majmualari xizmatlarisiz) — 24 327 600 so‘m;
stipendiya to‘lovi bilan birgalikdagi to‘lov-kontrakt (yotoqxonada yashash, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi xizmatlari bilan) — 26 327 600 mln so‘m.

Universitet ma'muriyati yangi to‘lov-kontrakt narxlarini O‘zbekiston prezidentining 21 iyunda qabul qilingan «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida belgilagan. Qarorning 11-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuqori malakali kadrlar tayyorlash xarajatlari va Universitetning rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda har yili to‘lov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistraturada ta'lim olishning qiymatini belgilashi va tasdiqlashi ko‘rsatilgan.