Tojikistonlik imom madhiya va namoz qoidalarini bilmagani uchun ishdan bo‘shatildi

Foto: Sputnik
Tojikiston din, an'ana va urf-odatlarni soddalashtirish qo‘mitasi milliy madhiyasini bilmagani uchun Panjikentdagi masjid imom-xatibini ishdan bo‘shatdi.
Panjikent shahridagi Yori jamoatida istiqomat qiluvchi va yaqin kunga qadar jamoatdagi masjid imom-xatibi bo‘lib ishlab kelgan 27 yoshli fuqaro iyun oyi boshlarida Dushanbeda attestatsiyadan o‘tgandi. Unga 27 avgust kunga kelibgina mamlakat milliy madhiyani bilmagani uchun imom-xatib bo‘lib ishlamasligini, uning o‘rniga boshqa diniy arbob tayinlanganligini aytishgan.
Panjikentdagi «Qalandar» masjidining endilikda sobiq imom-xatibi bo‘lmish Naqibxon Qoriyevning aytishicha, u madhiyani biladi, shu sababli nohaq ishdan bo‘shatildi. Imomning so‘zlariga qaraganda, attestatsiya vaqtida haqiqatan hayajonga tushgan va Qur'on oyatlarini o‘qishda yanglishib ketgan, ammo madhiya va milliy ramzlarni juda yaxshi biladi. «Attestatsiya vaqtida mendan birinchi bo‘lib madhiya ijro etishimni so‘rashdi. Bu hammaga bo‘lgan talab edi. Men Qur'onning qaysi oyati ziyorat haqida ekanligi borasidagi savolga javob bera olmadim. Boshqa savollarga esa javob berdim», - deydi u.
Panjikent ma'muriyatining din ishlari bo‘limi Naqibxon Qoriyevning ishdan bo‘shatilganligini tasdiqlab, u nafaqat madhiyani, balki namoz o‘qish qoidalari borasidagi savollarga ham to‘g‘ri javob bera olmaganini ta'kidlagan.
Panjikent shahar din ishlari bo‘limi boshlig‘i Saidjon Shodiyev 27 avgust kuni attestatsiya madhiya va milliy ramzlarni bilish borasidagi savollardan boshlanadi, keyin esa diniy bilimga oid savollarga o‘tiladi, dedi.
«Aprel oyida u Panjikentda attestatsiyadan o‘ta olmadi. Bir oy muhlat berildi. Keyin esa Dushanbeda attestatsiya o‘tkazildi, yana o‘tmadi. Unga yana 2-3 oy muhlat berildi. Yana attestatsiyadan o‘ta olmadi. Naqibxon attestatsiya natijalari ustidan shikoyat qildi, komissiya tuzdik. Oddiy savollar berdik, javob bera olmadi. Uning o‘rniga hozircha hech kim tayinlanmadi, bir kishi imom-xatib vazifasini bajarib turibdi», - deydi Shodiyev. Uning aytishicha, Naqibxon Qoriyev qaytadan attestatsiyadan o‘tib va yana qaytadan mansabiga tayinlanishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Tojikistonda imom-xatiblar Din ishlari qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Ulamolar kengashi tomonidan tayinlanadi va davlat byudjyetidan 1 ming somoniy ($100 yaqin) miqdorida maosh oladi. Tojikistonda 4 mingga yaqin imom va imom-xatiblar faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham o‘tgan oylarda «ayrim imom-xatiblarning ishdan bo‘shash sabablarini so‘rab, murojaatlar kelib» tushayotganini ta'kidlab, ushbu masalaga oydinlik kiritgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 18:14
-
Hindiston Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan hujumdan keyin pokistonliklar vizasini bekor qildi
Jahon | 18:09
-
Andijonda zilzila yuz berdi
O‘zbekiston | 17:40
-
Istanbuldagi zilzilada kuchli qo‘rquv tufayli O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Jamiyat | 17:25
Mavzuga oid

08:52 / 01.03.2025
Diniy tashkilotlar va davlat organlari o‘zaro bir-birining faoliyatiga aralashmaydi

14:03 / 27.02.2025
Diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari belgilandi

21:09 / 26.02.2025
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

17:52 / 04.12.2024