Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Pompeoning KXDRga tashrifini Pxenyandan kelgan maktub sabab bekor qilgan
Foto: REUTERS/Kevin Lamarque
AQSh prezidenti Donald Tramp davlat kotibi Mayk Pompeoning KXDRga tashrifini davlat departamenti rahbari Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxoldan olgan «dushmanlik kayfiyatidagi maktub» sabab bekor qilish haqidagi qarorga keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, Pompeo Kim Yon Chxoldan juma kuni ertalab maktub olgan va uni Trampga ko‘rsatgan. Maktubda nima haqida yozilgani ochiqlanmayapti, biroq u «dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan»i aytiladi.
Avvalroq, Seuldagi rasmiy shaxslar Trampning Pompeoning KXDRga tashrifini bekor qilish haqidagi qaroridan hayratga tushishgani xabar berilgandi.
Shuningdek, Shimoliy Koreya hukumatining fikricha, AQSh prezident Donald Tramp davlat kotibi Mayk Pompeoning KXDRga tashrifi bekor qilib, «ikkiyuzlamachilik» qilmoqda.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026