Fan-texnika | 20:38 / 29.08.2018
5312
4 daqiqa o‘qiladi

Yangi LG UltraGear monitorlari bilan o‘zingizni o‘yinlar olamida yurgandek his qilasiz

Foto: LG 

Kuchli monitorlar o‘yin tajribasi transformatsiyasi uchun betakror tasvir va tezkor qayta ishlash tizimini taklif qiladi

LG Electronics o‘zining yangi UltraGear monitorlar taqdimoti bilan o‘yin texnologiyalarga sodiqligini namoyish etadi. Bu monitorlar kuchli ko‘rsatkichlari, betakror tasvir sifati va yuqori yangilanish chastotasi tufayli o‘yinlar olamiga "sho‘ng‘ish"ni yangi darajaga ko‘taradi. Bu omillar o‘yin tajribasini yaxshilovchi o‘yin ko‘lamiga "sho‘ng‘ish" effektini hosil qilish uchun 21:9 tomonlar nisbatiga ega ultrakeng ekran va bejirim dizayn bilan uyg‘unlashadi.

LG tomonidan ishlab chiqariluvchi monitorlar, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatini oshiruvchi 21:9 formatli LG UltraFine va LG UltraWide monitorlari allaqachon tasvir sifati bo‘yicha o‘z toifasida eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingan. UltraGear – optimal tasvir sifati va tezkor ishlov beri tizimi bilan birga yuqori ishlab chiqarish quvvatini taklif qiluvchi LG yangi monitorlar lineykasining nomi bo‘lib, bu monitorlar har qanday janrda mukammaldir. LG UltraGear geymerlarga imkon doirasida o‘ynash imkonini beradi, bu o‘yin va g‘alaba uchun o‘yin o‘rtasida sezilarli farqni yuzaga keltiradi.

UltraGear lineykasi flagmani bo‘lgan 34GK950G modeli o‘zining eng kuchli xususiyatlari bilan faxrlana oladi, NanoIPS displeyus texnologiyasi esa DCI-P3 ranglar ko‘lamini 98 foizga qoplab, misli ko‘rilmagan tasvir sifatini qayd etadi. Bu displey sRGB standartiga muvofiq ranglar spektrining 135 foizdan ortig‘ini aniq aks ettiradi. Grafikani qayta ishlovchi NVIDIAG-Sync texnologiyasi yordamida UltraGear 34GK950G monitori xatti-harakatlarni uzilishlarsiz va benuqson uzatadi. Bundan tashqari, 120 Gts'li yuqori yangilanish chastotasi o‘yin silliq kechishi va obektlar yanada aniq ko‘rsatilishini bildiradi.

RedDotDesign2018 va iFDesignAward2018 mukofotlari bilan taqdirlangan 21:9 tomonlar nisbatiga ega katta  monitor 34-dyuymli ekran va UltraWideQHD (3440x1440)dagi sof kristal tasvirdan tashqari o‘yinga kinematografiklik qo‘shadi va foydalanuvchiga sevimli o‘yiniga yangicha qarash imkonini taqdim etadi. UltraGear 34GK950G keng tomonlar nisbati odatda unchalik e'tibor berilmaydigan detallarni yon tomondan ko‘rish imkonini beradi, ultraingichka hoshiyalar esa yanada qiziq tajriba uchun bir necha monitorni birlashtirish imkonini beradi. Shuningdek geymerlar har qanday o‘yin yoki filmni to‘ldirishga mo‘ljallangan 6 rang sozlamali SphereLighting aylana jihozi funksiyasi hisobiga o‘z muhitini yarata oladi.

"LG monitorlari uzoq yillar davomida sanoatda yangi standartlarga start beradi, LG UltraGear ham xuddi shunday, - deydi LG IT Business Division bo‘limi rahbari Chang Ik-kvan. - Sanoatning Yevropadagi eng yirik hodisasida UltraGear monitorining taqdim etilishi yangi mahsulotlar qatoriga bo‘lgan ishonchimizni namoyish etadi".

#LG

Mavzuga oid