DXX poytaxt aeroportida xorijiy sayyoh bilan sodir bo‘lgan hodisaga izoh berdi
Joriy yilning 28 avgust kuni bir qator internet nashrlarda «DXX xitoylik turistni O‘zbekiston orqali tranzit uchun 400 dollar to‘lashga majbur qildi» sarlavhali maqola e'lon qilindi.
DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, XXR fuqarosi Ge Xiapu 23 avgust kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning HY-765 «Boku-Toshkent» reysi bilan kelgan. O‘z yonida «Yuteyr» (RF) aviakompaniyasining 26 avgust kuni Moskvaga parvoz uchun chiptasi bo‘lgan (uni 14 avgustda sotib olgan!).
Prezidentning 2018 yil 4 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolar kirish tartibini optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori 9-bandiga muvofiq, O‘zbekiston hududi orqali mamlakat xalqaro aeroportlarida tranzit bilan harakat qiluvchi, o‘zida tashuvchining uchinchi davlatiga, bunda ular DXX Chegara qo‘shinlariga yo‘lovchilar haqidagi dastlabki ma'lumotni o‘z vaqtida topshirishi kerak, aviachipta bo‘lgan 101ta davlat (jumladan XXR) xorijiy fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish, 5 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatda vaqtinchalik bo‘lish va chiqish tartibi belgilangan.
Shu tariqa, joriy yilning 15 iyulidan chegara nazoratidan o‘tishda tranzit yo‘lovchilar uchun mamlakatga hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz kirib chiqish huquqini beruvchi hujjat yuqoridagi qoida talablariga rioya etgan tashuvchining tranzit aviachiptasi sanaladi.
Ayni paytda chegara nazorati uchun yo‘lovchilar to‘g‘risidagi ma'lumotni faqat «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK taqdim etadi. Boshqa aviakompaniyalar, jumladan, «Yuteir» ham chegara nazoratiga bunday axborotni taqdim etmaydilar, shu sababdan 2018 yil 4 iyuldagi qaror bilan o‘rnatilgan normalar hozircha ularning yo‘lovchilariga nisbatan amal qilmaydi.
XXRning yuqorida ko‘rsatilgan fuqarosida O‘zbekiston Respublikasining vizasi yoki chegara nazoratiga yo‘lovchilar haqida ma'lumot bergan tashuvchi aviachiptasi yo‘qligi hisobga olinib, unga O‘zbekiston orqali tranzit qilish tartibi va mamlakatda vizasiz qolish haqida tushuntirish berilgan. Shu sababdan, Ge Xiapuni kutib turgan shaxslar «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning 2018 yil 26 avgust kunidagi «Toshkent-Moskva» yo‘nalishi uchun aviachiptani xarid qilishgan, shuning asosida u Toshkent shahriga vizasi chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Mavjud tartibga ko‘ra, janob Gening o‘zi oddiy gadjyetdan «Ye-VIZA.UZ» saytiga kirishi hamda O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan safaridan uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda elektron viza rasmiylashtirishga ariza berishi mumkin edi. Unga javob esa uning elektron manziliga, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntiga kelgan bo‘lardi. Ushbu xizmatning narxi atigi 20 dollarni tashkil etadi.
Janob Geni kutib olmoqchi bo‘lgan shaxslar ham oldindan, biroq 3 sutkadan kech bo‘lmagan muddatda rasmiy taklifni rasmiylashtirishlari, uning asosida u bevosita aeroportdagi TIV konsullik bo‘limida vizani olishi mumkin edi. Ushbu xizmat narxi - $40.
Shuni ta'kidlash joizki, muqaddam «Gazeta.uz» internet nashri 2018 yil 4 iyuldagi «O‘zbekistonda 15 iyuldan boshlab elektron vizalar joriy qilinmoqda» sarlavhali maqolasida yuqoridagi Qarorni ilovalar va tushuntirishlar bilan e'lon qilgan.
Shu munosabat bilan xorijiy aviatashuvchilar, turizm sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslar bunday noqulayliklardan qochish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya etishi hamda uning qoidalarini davlatimiz mehmonlariga tushuntirishi zarur.
Bugungi kunga qadar Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda 5 sutkagacha bo‘lish huquqidan 450dan ortiq chet ellik aviayo‘lovchilar foydalandi, ulardan 325 nafari XXR fuqarolari, ularda bu kabi muammolar yuzaga kelmagan.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
14:41 / 06.11.2024