Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Suriyadan o‘z qo‘shinlarining olib chiqilishi shartlarini aytib o‘tdi
AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis AQSh qurolli kuchlarining Suriyadagi vazifalarini va qo‘shinlarning ushbu mamlakatdan olib chiqilishi shartlarini aytib o‘tdi.
“Birinchidan, IShIDni yo‘q qilishimiz lozim. Biz IShID to‘liq yo‘q qilinganiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Shuningdek, biz mahalliy qurolli kuchlarni tayyorlashimiz lozim va bu borada maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz. Uchinchidan, bizga fuqarolik urushini tugatish yo‘llarini topishgi imkon beruvchi, BMT tomonidan tan olinuvchi Jyeneva jarayoni lozim”, deb aytgan Mettis jurnalistlar bilan matbuot anjumanda.
“Agar mahalliy kuchlar xavfsizlikni ta'minlay olsa, unda biz qo‘shinlarni qisqartirishni boshlashimiz mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan vazir.
Aprel oyidayoq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington yaqin orada Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
“Suriyaga kelsak, men askarlarimiz uylariga qaytishlarini istayman. Ular buyuk ish qilishdi. Biz Iroq va Suriyada g‘alaba qildik va rostini aytganda, biz qo‘shni davlatlar va o‘z davlatimizga katta xizmat ko‘rsatdik”, deb aytgandi Tramp.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026