Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tojik Eyr» Samarqandga parvozlarni to‘xtatdi
«Tojik Eyr» aviakompaniyasi Dushanbe-Samarqand reysiga chiptalar sotishni to‘xtatdi, bunga parvozlarning yangilangan jadvali tasdiqlanishi sababdir, deb xabar qilmoqda «Axbor».
Dushanbe-Samarqand-Dushanbe reysi bir oy oldin ochilgan va bir tomonga parvoz narxi atigi 300 somoniy bo‘lgan. «Tojik eyr» Samarqandga reyslar yaqin vaqt ichida davom ettirilishiga va'da bermoqda.
«Biz Toshkentga «O‘zbekiston havo yo‘llari» va Buxoroga «Somon Eyr» tomonidan amalga oshiriluvchi reysga chiptalar sotishni davom ettirmoqdamiz. Ammo Samarqandga «Tojik Eyr» kompaniyasining o‘zi tomonidan chiptalar sotuvi to‘xtatildi. Aftidan, yo‘lovchilarning yetishmasligi tufayli, sababi o‘zbek yo‘nalishiga chiptalar ko‘p sotilmayapti», - deya aytib o‘tdi Dushanbe aeroporti aviakassasi vakili.
«Tojik Eyr» aviakompaniyasining o‘zi ham Dushanbe-Samarqand-Dushanbe yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar sotish to‘xtatilganligi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Aviakompaniya matbuot kotibi Aziz Xayrulloyevning ma'lum qilishicha, bu vaqtinchalik choralardir: «Hozirda yangilangan parvozlar jadvali tasdiqlanmoqda hamda shuning uchun ba'zi noqulayliklar yuz berdi. Biz yaqin kelajakda ushbu masalalarni bartaraf etishni rejalashtirmoqdamiz. Parvoz jadvali hozircha tasdiqlanmoqda».
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026