Sport | 09:48 / 29.08.2018
4526
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina sportchilarning Rossiyaga safarini moliyalashtirmaslikka va'da berdi

Foto: David Mdzinarishvili/Reuters

Ukraina Yoshlar va sport vazirligi shaxmat bo‘yicha ayollar milliy terma jamoasining Xanti-Mansiyskdagi musobaqalarga borish istagi bo‘yicha reaksiya bildirdi.

Idoraning rasmiy saytida aytilishicha, Sport vazirligi Rossiyaga sportchilarning safarlarini moliyalashtirishdan bosh tortadi.

«Vazirlik sportchilar, murabbiylar, muxlislar, Ukrainaning qaysidir fuqarolariga Rossiyadagi musobaqalarga borishlarini taqiqlay olmaydi.

Ammo hukumatda ukrainalik sportchilarning Rossiyadagi xalqaro musobaqalarga borishini moliyalashtirmaslik huquqi bor. Vazirlik soliq to‘lovchilar hisobiga bunday safarlarni moliyalashtirmayapti, moliyalashtirmagan va bundan keyin ham moliyalashtirmaydi.

Musobaqalarda ishtirok etganlik uchun hech qanday davlat mukofot pullari berilmaydi, natijalar sport unvonlarini berish chog‘ida hisobga olinmaydi.

Sportchilarning safarlari uchun Ukraina jamiyati, ularning xavfsizligi borasidagi mas'uliyat faqat sport federatsiyalari va Rossiyaga borishga qaror qilgan barcha sportchilar hamda murabbiylarga yuklanadi. Ular barcha xavf-xatar va oqibatlarni bilib turib shunday qarorga kelgan hisoblanadi», - deyiladi bayonot matnida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiyani «yoqimsiz syurprizlar» haqida ogohlantirgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid