O‘zbekiston | 23:59 / 30.08.2018
7608
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura O‘zbekiston mustaqilligi bayramiga bag‘ishlab videotabrik tayyorladi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yillik bayramiga ham juda qisqa fursatlar qoldi. Bu tantana o‘zbek xalqi uchun alohida mazmunga, alohida qiyofaga ega. Mana shu munosabat bilan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatuvchi turli tashkilotlar tomonidan vatan madhi tilga olingan turli videoroliklar tayyorlanmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazi tomonidan suratga olingan videorolikda bu sohada faoliyat yuritayotgan turli insonlarning Ona yurt ta'rifi haqida aytgan she'rlariga guvoh bo‘lish mumkin.

Ushbu videorolikda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi surishtiruvchisi Shuhrat Azimov, Surxondaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi Baxtiyor Berdimurodov va prokuratura sohasida xizmat qilayotgan boshqa insonlar tomonida Vatan sha'ni, qadr-qimmati va tarixi tarannum etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid