Jahon | 19:24 / 30.08.2018
4488
1 daqiqa o‘qiladi

Efiopiyada harbiy vertolyot qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Efiopiyaning Oromiya regionida harbiy vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, vertolyot qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan. Ulardan 15 nafari harbiy, 3 nafari oddiy fuqaro bo‘lgan. WRAL.com portalining xabar berishicha, barcha halok bo‘lganlar vertolyot bortida bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, qurbonlar orasida 2 bola bor. 

Politsiya vakilining ma'lum qilishicha, vertolyot mamlakat sharqidagi Dire-Daua shahridan havoga ko‘tarilib, 30 avgust ertalab qulagan. U poytaxt Addis-Abebedan janubdagi Debre-Zeyt aholi punktidagi harbiy-havo kuchlari bazasiga yo‘nalayotgan bo‘lgan. Halokatga nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid