Ipakçilik sohasi korxonalari faoliyati samaradorligini oşiriş, uşbu sohaga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etiş hamda qişloq joylarda aholi, ayniqsa ayollar bandligini ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi 2856-sonli "Özbekipaksanoat" uyuşmasi faoliyatini taşkillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisidagi qarori ijrosi böyiça qator işlar amalga oşirildi.
Birinçidan, uyuşma tizimi korxonalariga mavjud 43,4 ming gektar tut daraxti va 44 million tut köçati biriktirildi, şuningdek 2270 gektar plantatsiya yaratildi, bulardan 400 gektar maydonni intensiv tut daraxtlari egallaydi.
Ikkinçidan, 2018 yilda 18 ming tonna ipak qurti pillasi yetiştirildi (2017 yilga nisbatan 144 foizga köp), ipak mahsulotlari eksporti esa 60 million AQŞ dollaridan ortiqni taşkil qildi.
Uçinçidan, 2018 yilda ipakçilik sohasi korxonalari modernizatsiyasi hisobiga 50 million AQŞ dollaridan ortiq investitsiyalar kiritildi.
Törtinçidan, ipakçilik sohasida 14 452 ta doimiy va 410 793 ta mavsumiy iş örinlari yaratildi.
Beşinçidan, ipakçilik sohasida Xitoy, Eron, Vetnam, Hindiston, Janubiy Koreya, BAA, Turkiya, Avstriya, Vengriya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Bolgariya, AQŞ, Singapur, Pokiston va Qirğiziston kabi davlatlar bilan xalqaro hamkorlik örnatildi.
Şuningdek, "Özbekipaksanoat" uyuşmasining ipakçilik sohasida yangi loyihalarni amalga oşiriş, Qişloq xöjaligi vazirligining fermer xöjaliklari yer uçastkalarida tut ekişini jadal rivojlantirişga doir takliflari qabul qilindi. Bundan taşqari, "Özbekipaksanoat" uyuşmasi, Fermer dehqon xöjaliklari kengaşi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ipakçilik tizimi taşkilotlari tomonidan tomorqa yer egalariga 50 boş 90 kunlik parranda va tut köçatlarini şartnoma asosida beminnat yetkazib beriş haqidagi takliflari ham tasdiqlandi. Buning natijasida qişloq joylardagi aholi, ayniqsa ayollar iş bilan ta'minlanadi va ularning respublika hududlaridagi daromadlari oşişi qayd etildi.
2018 yilning 1 sentabridan boşlab "Özbekipaksanoat" uyuşmasi tarkibidagi taşkilotlarga polietilen xomaşyo ilk uç yil davomida polietilen işlab çiqaruvçi taşkilotlarning ulgurji narxlarida realizatsiya qilinadi.
Respublika hududida ipakçilik sohasidagi yangi işlab çiqariş kuçlari faoliyati qat'iy tartibda "Özbekipaksanoat" uyuşmasi tavsiyasiga köra yölga qöyiladi.
Bundan taşqari, sohaga xorijiy investtsiyalarni keng kölamda jalb qiliş işlarini rivojlantiriş, sohaga yönaltirilgan ilm-fan yutuqlari, innovatsion ğoyalar samaradorligini oşiriş maqsadida "Özbekipaksanoat" uyuşmasi raisining Qayta işlaş, investitsiyalar va innovatsiyalar masalalari böyiça örinbosari lavozimini kiritiş közda tutilmoqda.

















