Qarorga köra, Andijon qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakçilik va tutçilik fakulteti oçildi.
2023 yil 1 martdan 2026 yil 1 yanvargaça pillani qayta işlaş va pilla qurti uruğini işlab çiqaruvçilarga ular tomonidan bevosita pilla boquvçilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti uruği uçun 120 ming söm miqdorida subsidiya ajratiladi.
2023 yil 1 apreldan “Özbekipaksanoat” uyuşmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan özlari işlab çiqargan ipak mahsulotlarini eksport qiliş operatsiyalari böyiça muddati ötkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bölişini hisoblaşning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylaştirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.
2023 yil 1 martdan xom ipakni eksport qiliş tartibi soddalaştiriladi.
Prezident qarorida közda tutilgan soliq va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlarning amal qiliş muddati 2026 yil 1 yanvargaça uzaytirilgan.

















