Milliy gvardiyaga kontrakt asosida xizmatga qabul qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Nizomga muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi va tanlovda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (o‘tayotgan) va safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar, oliy ta'lim muassasalarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar, muqaddam oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar qatnashishi mumkin.
Tanlov yakka tartibda suhbat, harbiy-professional tanlash, tibbiy ko‘rikdan iborat uch bosqichda amalga oshiriladi.
Nizomga muvofiq, nomzod bo‘yining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
Faxriy qorovul bo‘linmalariga — 185 santimetrdan past bo‘lmasligi;
Otliq askarlar eskadroniga — 175 santimetrdan past bo‘lmasligi;
boshqa barcha bo‘linmalarga — 180 santimetrdan past bo‘lmasligi lozim.
Shuningdek harbiy-professional tanlash tadbirlari umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, individual-psixologik o‘rganish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinovda qoniqarsiz deb baholangan nomzod, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 3 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq sinov bo‘lib o‘tgan kunning o‘zida qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Individual-psixologik o‘rganish test shaklida amalga oshiriladi.
Test sinovlarini 2 oydan keyin qayta topshirishga ruxsat beriladi. Bunda 1 yil davomida qayta topshirishlar soni 2 marotabadan oshmasligi lozim.
Mavzuga oid
13:46 / 10.09.2024
Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha xizmatga saralash tartibi o‘zgardi
10:41 / 22.08.2024
Ichki ishlar organlarida maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlari belgilandi
17:05 / 14.08.2024
«Andijon» futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi
07:55 / 30.07.2024