Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva-Dushanbe reysi samolyoti yo‘lovchilarning mushtlashuvi sababli ortga qaytarildi
Foto: Life.ru
“Uralskiye avialinii” kompaniyasining Moskva-Dushanbe reysi bo‘yicha uchuvchi samolyotida yo‘lovchilar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Buning oqibatida styuardessa jabrlangan.
“A-321 samolyoti balandlikka ko‘tarilayotganda yo‘lovchilar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Ulardan biri janjal vaqtida yonida bomba borligi bilan qo‘rqita boshlagan”, deb ma'lum qilgan manba.
Mushtlashuv nima sababli yuz bergani ma'lum qilinmagan. Bortkuzatuvchilar janjalkashlarni ajratmoqchi bo‘lishgan, biroq buning uddasidan chiqisha olishmagan. Oqibatda styuardessalardan biri yuzidan jarohat olgan. Mushtlashuvni bostirishning iloji bo‘lmagach, samolyot sardori ortga qaytishga qaror qilgan.
Samolyot “Jukovskiy” aeroportiga kelib qo‘ngan, uchish maydoniga politsiya chaqirtirilgan. Aeroport matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, o‘zini bezorilarcha tutgan yo‘lovchi politsiyaning mahalliy bo‘limiga yetkazilgan. Samolyot borti itlar bilan tekshirib chiqilgan va hech qanday portlovchi qurilmalar aniqlanmagan.
Mavzuga oid
19:54 / 23.01.2026
O‘zbekiston TIV: Dubaydagi janjal ishtirokchilarining 8 nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan
16:47 / 23.01.2026
Dubaydagi mushtlashuvda qatnashgan olti o‘zbekistonlik o‘limga hukm qilindi
17:58 / 21.01.2026
Uzbekistan Airways samolyoti dvigateli ishlamay qolgani sababli Krasnoyarskka favqulodda qo‘ndi
08:42 / 25.12.2025