Sport | 15:35 / 30.08.2018
14228
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Yana ikki o‘zbekistonlik oltin medal uchun o‘zaro kurashadi

Osiyo o‘yinlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha musobaqalarda -90 kg vazn toifasidagi oltin va kumush medallar O‘zbekiston vakillariga nasib etadigan bo‘ldi.

Yahyo Imomov yarim finalda qozog‘istonlik Yersultan Muzapparovdan ustun keldi va finalga chiqdi.

Nazvaniye

Shu vazn toifasida Shermuhammad Jandriyev esa yarim final bahsini kuvaytlik Misri Husaynga qarshi o‘tkazdi va u ham finalga yo‘l oldi.

Endi oltin uchun bahs ikki o‘zbekistonlik sportchi o‘rtasida kechadi.

Qayd etish kerakki, turnir davomida O‘zbekistonning ikki vakili oltin uchun o‘zaro raqobat qilishi ikki marta kuzatildi. Avvaliga kurash bo‘yicha -66 kg vazn toifasida Ma'ruf G‘aybulloyev va Ruslan Bo‘riyev finalda o‘zaro gilamga chiqishgandi.

29 avgust kuni esa o‘zbekistonlik yengil atletikachilar, Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha oltin va kumush medallarni o‘zaro bo‘lib olishgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid