Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi hisobi birato‘la ikkita medal bilan boyidi.
-66 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik ikki kurashchi Ma'ruf G‘aybulloyev va Ruslan Bo‘riyev Osiyo o‘yinlari finalida o‘zaro bellashdi.
Ushbu bellashuv Ma'ruf G‘aybulloyevning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va G‘aybulloyev oltin, Bo‘riyev kumush medal bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.
Ma'ruf G‘aybulloyevning oltini O‘zbekiston hisobidagi yettinchi oltin bo‘ldi. U shuningdek, O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlari tarixidagi 70-oltin medali sohibiga aylandi.



















