Jahon | 20:53 / 30.08.2018
2811
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ShHTning «Tinch missiya – 2018» antiterror mashg‘ulotlari yakuniga yetdi

Foto: Qozog‘iston Mudofaa vazirligi

Chelyabinsk oblastining Chebarkul poligonida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlarning hamkorlikdagi «Tinch missiya – 2018» antiterror mashg‘ulotlari yakunlandi.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mashg‘ulotlardan maqsad hamkorlikdagi antiterror operatsiyalarini tayyorlash va o‘tkazishda birlashgan guruhlarni boshqarish organlarining faoliyatini takomillashtirish hamda hamkorlikdagi harbiy boshqaruv faoliyatini ta'minlash uchun asosiy taktik usul va uslublarni o‘zlashtirish bo‘ldi.  

Harbiylar terrorchilar tomonidan hukumat yoki davlatning bir qismi egallab olinganida ishtirokchi davlatlar qurolli kuchlarining hamkorlikda olib boradigan harakatlarini amaliyotda sinab ko‘rishdi.

Mashg‘ulotlarda ShHT davlatlari qurolli kuchlarining 3 mingdan ortiq harbiy xizmatchilari va 500dan ortiq harbiy texnikalari qatnashdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ShHTga a'zo davlatlar qurolli kuchlari bosh shtablari boshliqlari Chelyabinsk oblastidagi poligonga yetib kelishgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid