O‘zbekiston | 12:20 / 29.08.2018
4773
2 daqiqa o‘qiladi

ShHT davlatlari bosh shtablari boshliqlari Chelyabinsk oblastidagi mashqlarga keldi. Ular orasida O‘zbekiston vakillari ham bor

Foto: Donat Sorokin / TASS

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo bo‘lgan davlatlar qurolli kuchlari bosh shtablari boshliqlari «Tinch missiya - 2018» qo‘shma antiterror mashqlar faol bosqichini kuzatish maqsadida Rossiyaning Chelyabinsk oblastidagi poligonga yetib keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«ShHTga barcha a'zo davlatlar bosh shtablari boshliqlari boshchiligidagi delegatsiyalar Chebarkul poligoniga yetib kelishdi. Ular orasida: Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston, shuningdek, Belarus kuzatuvchi mamlakat sifatida bor. Harbiy boshliqlar «Tinch missiya - 2018» mashqlarining faol bosqichini kuzatadilar», - deya xabar berishgan Rossiya Markaziy harbiy okrugi vakillari.

Ta'kidlanishicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlarining qo‘shma antiterror mashqlari faol bosqichi 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avval ShHT mamlakatlari Rossiyadagi xalqaro mashqlarda ishtirok etayotgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid