O‘zbekiston | 00:45 / 30.08.2018
14231
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi logotipini o‘zgartirdi

Foto: O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z logotipini o‘zgartirdi. Qo‘mita matbuot xizmatining Kun.uzʼma'lum qilishicha, yangi logotipdagi nozik ayol siymosi ayol sifatlarini va Qo‘mita faoliyati yo‘nalishlarini ifoda etadi.

Yangi ramzda aks etgan ayolning kelajakka umid bilan intilgan nigohi esa xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaytirilganligini, shamolda jilvalanayotgan mayin sochlari maqsad sari sekin, ammo haqli intilishlarini bildiradi.

Yangi logotip to‘q havo rangdagi aylana shaklida bo‘lib, uning markazi bo‘ylab oq rangda kelajakka umid bilan boqib turgan ayol siymosi, uning shamolda jilvalanayotgan sochlari tasvirlari aks ettirilgan.

Oq va moviy ko‘k ranglar hamda “ikat” milliy matosining naqshini qo‘llanilishi boshqa ayollar tashkilotlaridan farqlanishi va betakrorlikni anglatadi.

Mavzuga oid