19 dekabr kuni 19 nafar mahkuma ayol muddatidan oldin sud zalidan ozodlikka çiqarildi.

Oliy sud raisi örinbosari Ikrom Muslimov boşçiligida tuzilgan komissiya mahkumalarning Oliy sudga bergan şikoyatlarini sud tartibida körib çiqdi.

Oçiq sud majlisida Xotin qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova va Boş prokuratura vakillari ham qatnaşdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Mahkumalar öta oğir va oğir jinoyatlari, jumladan, odam savdosi, giyohvand modda oldi-sotdisi, öğrilik, odam öldiriş jinoyati uçun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Muddatidan oldin ozod qiliş masalasi körib çiqilayotganda ularning yoşi, soğliği, oilaviy şaroiti, jazoni ijro etiş muassasasidagi axloqi hisobga olindi.

Elmira Bositxonova adaşib jinoyat köçasiga kirgan ayollarni Xotin-qizlar qömitasi öz kafilligiga olişini aytdi. Şuningdek, ularning bandligini ta'minlaş, ijtimoiy hayotga moslaşuviga kömak beriş masalasini öz nazoratiga olişini ma'lum qildi.

«Oliy sud va Xotin-qizlar qömitasi örtasida ayollar manfaati, huquqini himoya qiliş böyiça memorandum imzolangan. Uning doirasida Oliy sud bilan bir neça yönalişlarda çora-tadbirlarni amalga oşiramiz. Bu – sayyor qabullar, ozodlikdan mahrum etilganlarni sud tartibida qayta körib çiqiş va ularda mahkumalarning jazo muddatini qisqartiriş yuzasidan olib borilayotgan harakatlardir. Memorandum asosida sud zaliga kirişimizga ruxsat berişadi, öz navbatida, kafolat masalalari ham köriladi.

Mana, bugun sud zalida 19 nafar ayol ozodlikka çiqarildi. Bundan oldin mahkumalar işlari körib çiqildi, ular bilan suhbat olib borildi.

Şuningdek, oilaviy şaroiti, soğligi, jazoni ijro etiş muassasasidagi xulqi hisobga olindi. Ozod qilingan ayollar endilikda qömitaning doimiy nazoratida böladi. Ularning bandligi ta'minlanadi, lozim bölsa kasb-hunarga örgatiladi.