Toşkent şahrida bölib ötgan «Biznes hamjamiyati bilan oçiq muloqotni örnatiş rejalaştirilgan iqtisodiy islohotlarga erişiş garovi sifatida» mavzusidagi biznes forumda ma'lum qilinişiça, uşbu markazlarda 18 ming nafardan ziyod xotin-qizlar qisqa öquv kurslarida öqitildi. Joriy yilning 9 oyi holatiga köra, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan ayollar soni 38 ming 267 nafar bölib, ular tomonidan 60 mingga yaqin iş örinlari yaratildi. 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida tijorat banklari tomonidan jami 79 ming 645 nafar xotin-qizlarga 1 trillion 924 milliard 542 million sömlik kreditlar ajratildi.

«Yuksaliş» umummilliy harakati, Özbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil, Xotin-qizlar qömitasi hamda Germaniyaning Konrad Adenauer jamğarmasining Markaziy Osiyo böyiça vakolatxonasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda ta'kidlanişiça, sönggi yillarda tadbirkorlarga imtiyozlar yaratiş va ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida izçil islohotlarga qadam taşlandi.

Ayni paytda respublikada böş va samarasiz foydalanilayotgan yirik obektlar va yer maydonlarida yölga qöyilgan 143ta kiçik sanoat zonalari, 21ta sanoat, qişloq xöjaligi va sayyohlik zonalari faoliyat yurityapti. Ötgan ikki yil içida bojxona bojlari stavkalari ikki baravar kamaytirildi, 3 ming 550 nomdagi mahsulotlarga nol stavkadagi import boji va 1 ming 222 turdagi mahsulotlarga nol stavkadagi aksiz soliği joriy qilindi. Soliq tizimi tubdan isloh etilib, ruxsat beruvçi hujjatlarni oliş tartibi sezilarli darajada soddalaştirildi. Özbekiston prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi farmoniga asosan mamlakatda ikki yil muddatga tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy-xöjalik faoliyatini tekşirişga moratoriy e'lon qilindi.

«Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş jamoat fondining 2018 va 2019 yilgi resurs mablağlari hisobidan 5 ming 44 nafar xotin-qizlarga 119 milliard 560 million söm miqdorda kreditlar berildi», dedi Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova.

Biznes forumda aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etişga tösqinlik qilayotgan masalalarga yeçim topiş, davlat organlarining tadbirkorlar bilan faol muloqotga kirişişlari va buning natijasida tizimdagi mavjud muammolarga qarşi birgalikda kuraşiş muhimligi alohida qayd etidi.