Avtomobillar «tonirovka»sidan 5 kun ichida davlat byudjyetiga qancha pul tushdi?
Mashina oynalarini qoraytirish pullik bo‘lganini eshitganlar uning qimmatligidan noligan edilar. Bugungi kunda oramizda mashina oynalari uchun 16 milliondan ortiq so‘mni ayamaydiganlar topilmoqda, deb yozadi O‘zA.
Ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 23-28 avgust kunlarida 77 nafar kishi mashina oynalarini tonirovka qildirgan bo‘lib, ularning 30 nafari yuridik shaxslardir. Ushbu to‘lovlar davlat byudjyetiga jami 1443069000 so‘m tushgan.
Eslatib o‘tamiz, avtomobil oynalarini qoraytirish uchun qo‘yilgan narxlar quyidagicha belgilangan:
jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m);
yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m);
xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m).
O‘zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mashinalarni «tonirovka» qilish bilan qaysi korxona shug‘ullanishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
16:22 / 09.07.2024
Islohotlar agentligi ma’muriy jarimalarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar bildirdi
08:46 / 01.08.2023
«Ko‘zoynak uchun pul to‘lamaymiz, ammo “tonirovka soyasi” uchun to‘layapmiz» - advokat
14:05 / 22.07.2023
«Toshshahartransxizmat»ning barcha avtobuslari «tonirovka» qilinadi
16:42 / 26.05.2023