Strategik islohotlar agentligi tomonidan ma’muriy çoralar va ularning sodir etilgan huquqbuzarlikka mutanosibligi örganildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda ma’muriy jarimalar miqdorini belgilaş mexanizmlarining yöqligi sodir etilgan huquqbuzarlikka nomutanosib bölgan jarima solinişiga sabab bölmoqda. Uşbu yönaliş tartibga solinmaganligi bois manfaatdor davlat organlari tomonidan jarimalar miqdorini qayta körib çiqişga doir qonun loyihalarini taşabbuskorlik bilan işlab çiqiş holatlari köpayib ketgan.

“Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytirganlik uçun nazarda tutilgan 8,5 mln sömlik jarima belgilanganda, ruxsatnomaning narxi 11-13 mln söm bölgan. Bugungi kunda ruxsatnoma 2,7 mln söm etib belgilangan, ammo jarima miqdori esa özgarişsiz qolmoqda.

Qozoğistonda avtomobil oynasini qoraytirganlik uçun örnatilgan jarima 468 ming sömni, Rossiyada – 60 ming sömni, Belarusda – 138 ming sömni taşkil qiladi.

Ta’kidlaş joizki, fuqarolarning soğliği va hayoti xavfsizligi bilan boğliq qoidabuzarliklar avtomobil oynalarini ruxsatnomasiz qoraytiriş uçun belgilangan jarimalardan ustuvorlik jihatidan muhimroq hisoblanadi”, deyiladi agenlik xabarida.

Qayd etilişiça, keyingi yillarda yöl harakati yoki transport vositalaridan foydalaniş qoidalarni buziş oqibatida sodir bölgan yöl-transport hodisalari, şu jumladan, inson ölimiga olib kelayotgan YTHlar soni köpayib bormoqda. 2023 yilda 9 839 ta YTH sodir bölgan, şulardan 9 209 tasida fuqarolar jabr körgan bölib, 2 282 tasi odam ölimiga sabab bölgan.

Özbekistonda piyodalar yölaklarida transport vositalarida harakatlaniş uçun jarima 170 ming söm, piyodalar yölni belgilanmagan joydan kesib ötiş uçun esa 113 ming söm. Germaniyada piyodani ötkazib yubormaganlik uçun belgilangan jarima miqdori 1,1 mln sömni, Buyuk Britaniyada 1,6 mln sömni, Fransiyada 1,85 mln sömni hamda BAAda 1,7 mln sömni taşkil etadi.

Agentlik fuqarolarning soğliği va hayoti xavfsizligini ta’minlaş maqsadida inson hayoti va soğliğiga bevosita daxldor bölgan YTHlar uçun belgilangan jarimalarni qayta körib çiqiş va oğirlaştiriş zarur, deb hisoblamoqda. Şuningdek, agentlik huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida bir qator mamlakatlarda ma’muriy jazoning alohida turi sifatida “ogohlantiriş” instituti joriy qilingani, biroq Özbekistonda ma’muriy jazo turi sifatida “ogohlantiriş” qöllanmasligiga e’tibor qaratgan.