Özbekiston Içki işlar vazirligi may va yoz oylarida arzonlaştirilgan narxda «tonirovka» uçun ruxsatnoma berilişini közda tutuvçi qonun loyihasini jamoatçilik uçun e’lon qildi.

Unga köra, M1 toifaga oid avtotransport vositalarining (yengil avtomobillar) orqa va old yon oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun har yili 1 maydan – 31 avgustgaça beriladigan ruxsatnomalar berilişini yölga qöyiladi.

Ruxsatnoma narxi jismoniy va yuridik şaxslar uçun – bazaviy hisoblaş miqdorining 1 baravari miqdorini (412 ming söm), Özbekistonda faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun esa bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari (2 mln 60 ming söm) miqdorini taşkil etadi.

Bunda, qisqa muddatli ruxsatnoma uçun tölov ruxsatnoma rasmiylaştirilgan sanadan qat’i nazar, töliq hajmda amalga oşiriladi.

Loyiha muhokamasi 22 avgustgaça davom etadi.

Ma’lumot uçun, hozirda yengil avtomobillarning orqa yon oynalarini qoraytiriş bepul, old yon oynalari tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma uçun esa BHMning 8 baravari (3 mln 296 ming söm) miqdorida tölov qiliş kerak böladi.

Ruxsatnomasiz tonirovka uçun jarima Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 126-1-moddasiga köra, BHMning 25 baravari (10 mln 300 ming söm)ni taşkil etadi.