O‘zbekiston | 18:18 / 31.08.2018
15866
2 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirligida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi markaziy apparatida bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofoti va navbatdagi harbiy unvonlar topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bayram tantanasida mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonini o‘qib eshittirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ushbu farmon bilan mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta'minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasida xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun 16 nafar harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

«Mamlakatimizning ana shunday yuksak e'tiboriga sazovor bo‘lgan barcha harbiy xizmatchilarni, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini hamda Sizlarni jonajon O‘zbekistonimizning qutlug‘ ayyomi, mustaqillikka erishgan kunimizning yigirma yetti yilligi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman», — deya yig‘ilganlarni muborakbod etdi Abdusalom Azizov.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Farmonga ko‘ra, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari II darajali «Shon-sharaf», «Mardlik» ordenlari hamda «Jasorat» va «Sodiq xizmatlari uchun» medallari bilan tantanali ravishda mukofotlandi. Bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon va faxriy yorliqlar topshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid