Jahon | 22:01 / 31.08.2018
3881
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpinning harbiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda bo‘ladi

Xitoy markaziy harbiy kengashi rahbarining o‘rinbosari Syuy Tsilyan 1-9 sentabr kunlari Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘ladi, deb ma'lum qildi Xitoy mudofaa vazirligi rasmiy vakili U Tsyan.

Kengash qurolli kuchlarni boshqaruvchi oliy organ bo‘lib, unga XXR raisi Si Tszinpin rahbarlik qiladi.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, "Syuy Tsilyan uch davlat rahbarlari va qurolli kuchlari boshliqlari bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda harbiy qismlarga tashrif buyuradi".

"Mazkur tashrif Xitoy va aytib o‘tilgan davlatlar o‘rtasidagi strategik ishonchni mustahkamlashga hamda harbiy sohada pragmatik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi", — dedi U Tsyan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid