Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya va Xitoyga qarshi kurashga mo‘ljallangan gibrid qiruvchi yaratdi – OAV
Jahon armiyalari va qurollariga bag‘ishlangan Defence 1 sayti AQShda yangi jangovar samolyot ishlab chiqilganini ma'lum qildi.
Gap 5-avlodagi F-22 Raptor qiruvchi samolyotining “gibrid” modifikatsiyasi haqida ketmoqda.
Xususan, samolyot eng yangi F-35 samolyoti uchun yaratilgan elektron qurilmalar bilan ta'minlangan. Yangi samolyot F-35’ning bort elektronikasi bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda.
Samolyotni ishlab chiqqan Lockheed Martin kompaniyasi uni AQSh harbiy-havo kuchlariga namoyish qilgan. Yangi samolyotlarni Rossiya va Xitoy aviatsiya qo‘shinlariga qarshi kurashga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026