IIV xodimlarga pora taklif qilingan holatlar haqida ma'lumot berib, ogohlantirish bilan chiqdi
Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham poraxo‘rlik va tamagirlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish borasida bir qator chora-tadbirlar belgilangan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Jumladan, joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi K.R. rahbariyat nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda fuqaro R.A. qonunga xilof ekanligini bila turib, javobgarlikdan qutulish maqsadida o‘ziga nisbatan to‘plangan ma'muriy hujjatlarni ro‘yxatga olmaslik va “Tiko” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilayotganligini ma'lum qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro R.A. xodimga 195000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Shu kabi, fuqaro B.A. ham unga nisbatan to‘plangan ma'muriy hujjatlar yuzasidan o‘ziga qonunga xilof ravishda yengillik yaratish va “Spark” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqartirib berish evaziga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi D.L.ga 500000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Shuningdek, Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimi R.N. o‘zining ish yurituvidagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi N.T. unga jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish evaziga pora taklif etayotganligini ma'lum qilib, yozgan bildirgisi asosida 2018 yilning avgust oyida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro N.T. xodimga 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Ichki ishlar vazirligi kelgusida ham fuqarolar tomonidan xodimlarga qonunga xilof ekanligini bila turib, pora taklif qilingan har bir holatga nisbatan qonunda belgilangan tartibda murosasiz kurash olib boradi”, - deyiladi IIV xabarida.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Xitoy nasos-akkumulyatorli gidroelektr stansiyalarini qurishi mumkin
O‘zbekiston | 11:02
-
AQSh muzokaralarga xalaqit bermaslik uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmayapti
Jahon | 10:30
-
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 10:10
-
«Vakolat muddatim tugamoqda». Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi
Jahon | 09:50
Mavzuga oid

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV

18:26 / 15.05.2025